Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, holat 30 yanvar kuni soat 13:30 atrofida viloyat hududidan o‘tuvchi M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1000 kilometrida sodir bo‘lgan.

Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldindagi ketayotgan yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasidan borib urgan.

«Ko‘rganimdayoq o‘ngga burildim. Bo‘lgan ish shu. Tezligim 70−80 edi chamasi», — dedi avtobus haydovchisi. Hodisa oqibatida haydovchilarga ham, avtobus yo‘lovchilariga ham jiddiy jarohat yetmadi. Faqat uch nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:25 30.01.2025. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!