Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Amerikaliklar Zelenskiyga bir soat vaqt berdi

Amerikaliklar Zelenskiyga bir soat vaqt berdi

O‘tgan hafta Ukraina bilan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash evaziga iqtisodiy kelishuvni muhokama qilish uchun Kiyevga tashrif buyurgan AQSh moliya vaziri Skott Bessent prezident Vladimir Zelenskiyga taklif etilgan bitimni o‘ylab ko‘rish va rozilik bildirish uchun atigi bir soat vaqt ajratgani haqida The Economist nashriyoti uch manbaga asoslanib xabar bermoqda.

Suhbatdoshlarning aytishicha, Zelenskiy muzokaralarda moliyaviy yordamni davom ettirish masalasi ko‘tarilishini kutgan, biroq Bessent buning o‘rniga AQShga 500 milliard dollarlik kamyob yer osti boyliklarini qazib olish huquqini berish haqida gap boshlagan.

Bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalaga ko‘nikmagan Ukraina prezidenti taklifni rad etgan. 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Qo‘shma Shtatlar yana "harbiy yordam evaziga qarzni uzish sifatida" Ukraina resurslarini qazib olishni nazorat qilishni talab qilgan. 15 fevral, shanba kuni kechqurun Ukraina delegasiyasi muddatni kechiktirishga erishib, muzokaralar jarayonini boshlashga rozilik bildirgan.

NBC News manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh Ukrainaga jang harakatlari tugaganidan so‘ng uning hududida xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘z qo‘shinlarini joylashtirish evaziga 50 foiz kamyob yer minerallarini qazib olishni taklif qilgan. The Washington Post gazetasi yozishicha, bu tashabbus Yevropa diplomatik doiralarida "o‘ta dadilligi" va Kiyevning uni ko‘rib chiqishga tayyorligi tufayli norozilik uyg‘otgan. Manbalarga ko‘ra, Zelenskiy imzolashdan bosh tortgan hujjat katta xalqaro kelishuv emas, balki "Nyu-York qonunchiligi asosida tartibga solinadigan" o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘lib, huquqiy kuchga ega bo‘lmagan.

Ukraina resurslaridan foydalanish Zelenskiyning "g‘alaba rejasi" bandlaridan biri bo‘lib, uni AQShdagi saylovlardan oldin Donald Trampga taqdim etgan edi. Shu bilan birga, prezident Kiyev ular bilan bepul ulashish niyatida emasligini, aksincha birgalikda o‘zlashtirishni taklif qilayotganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 20:12 17.02.2025. O'qildi: 16528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!