Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jiruning AQShdagi uyidan yarim million yevrolik soatlar o‘g‘irlab ketilgan

Jiruning AQShdagi uyidan yarim million yevrolik soatlar o‘g‘irlab ketilgan

Los-Anjelesda Olivye Jiruning uyi talon-taroj qilindi.

Fransiyalik futbolchining rafiqasi 5 fevral kuni uyning oynasi singanini ko‘rib qolgach, o‘g‘irlik sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TMZ.

Jinoyatchilar o‘ndan ortiq erkaklar soatini o‘g‘irlab ketishgan. O‘g‘irlangan narsaning qiymati taxminan 500 ming dollarni tashkil etadi.

O‘g‘rilar hali qo‘lga olinmagan. Polisiya tergovni davom ettirmoqda.

Olivye Jiru 2024 yilning iyulida "Los-Anjeles"ga o‘tgandi.

Kiritildi: 15:29 18.02.2025. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!