Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jennifer Lopes konsertiga 15 ming nafar xorijlik mehmon kelgan

Jennifer Lopes konsertiga 15 ming nafar xorijlik mehmon kelgan

O‘zbekiston 9 oyda 10 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qildi.

Bu haqda Turizm qo‘mitasi qoshidagi «Milliy PR-markaz» raisi maslahatchisi Shahboz Saidxanov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, sayyohlarni Silk Road Samarkand, Amirsoy va Beldersoy kabi maskanlar, xalqaro konsertlar, marafonlar hamda gastronomik sayohatlar jalb qilmoqda.

Jumladan:

▪️Jennifer Lopes konsertiga 15 ming nafar xorijlik mehmon kelgan.
▪️Andrea Bochelli chiqishini tomosha qilish uchun 40 ta davlatdan 2 ming nafar mehmon tashrif buyurgan.

Saidxanov O‘zbekistonni kino suratga olish maydoni sifatida rivojlantirish, qo‘shma musiqa festivallari va media-turlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, xorijiy hamkorlarni 25 noyabr kuni Toshkentda ochiladigan xalqaro turizm yarmarkasiga taklif qilgan.
Kiritildi: 17:02 09.11.2026. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik