Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

JCH: Norvegiya xokkey jamoasi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

JCH: Norvegiya xokkey jamoasi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Shaybali xokkey bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionatining elita divizionida 19 may kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijalari ma’lum bo‘ldi.

A guruhida Kanada jamoasi bullitda Finlyandiyaga 1:2 hisobida yutqazdi. O‘yin davomida kanadalik Rayan O’Raylli 37-daqiqada hisobni ochdi, Patrik Puystola esa 47-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Bullitda Eeli Tolvanen g‘alaba shaybasini urdi. Shu guruhdagi yana bir uchrashuvda Fransiya jamoasi Finlyandiyaga 1:3 hisobida yutqazdi.

V guruhida Germaniya Chexiyaga 0:5 hisobida yutqazgan bo‘lsa, yana bir o‘yinda Vengriya Norvegiyadan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa mazkur guruhda Norvegiya 4 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Endi bugun, 20 may kuni, yettinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va guruh bosqichining yakuniy natijalari aniqlanadi.

A guruhida Latviya – Avstriya, Slovakiya – Finlyandiya, Shvesiya – Kanada o‘yinlari bo‘lsa, V guruhida Shveysariya – Qozog‘iston, Chexiya – AQSH, Germaniya – Daniya jamoalari bellashadi.

Kiritildi: 23:20 20.05.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!