Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2030 finaliga Ispaniya mezbonlik qiladi

JCH-2030 finaliga Ispaniya mezbonlik qiladi

Xabaringiz bor, 2030 yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Ispaniya qirolligi futbol federasiyasi (RFEF) rahbari Rafael Lusan turnir finali aynan o‘z mamlakatida o‘tkazilishini e’lon qildi.

«Ispaniya allaqachon o‘zini yaxshi tashkilotchi sifatida namoyon qilgan. Ayni shu mamlakat JCH–2030ga tayyorgarlikka boshchilik qiladi va mazkur turnir finalini qabul qiladi.

Marokash esa o‘zining ajoyib stadionlari bilan haqiqatan ham har tomonlama o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda. Yaxshi bajarilgan ishlarini tan olishimiz kerak. Shu bilan birga, Afrika Kubogida jahon futbolining imijiga putur yetkazadigan manzaralarni ham ko‘rdik», — dedi Rafael Lusan.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!