Jori yil iyul oyida FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati chiptalarini bir vaqtning o‘zida emas, balki bosqichma-bosqich chiqarishini ma’lum qilgan.
Bunga sabab – ko‘plab mamlakatlar hali saralashdan o‘tmagan. Chiptalar 1-toifadan (eng qimmat) 4-toifagacha (eng arzon, maydondan eng uzoqda joylashgan) bo‘lgan to‘rt toifaga bo‘lingan.
Meksikadagi ochilish o‘yinida eng arzon toifadagi chiptalar narxi 370 dollardan, eng qimmat toifadagi chiptalar narxi 1825 dollargacha bo‘ladi. Kanadadagi bahslarga start beruvchi o‘yin uchun narxlar 355 dollardan 1745 dollargacha. Qo‘shma Shtatlardagi ochilish o‘yini uchun chiptalar narxi 560 dollardan boshlanib, 2735 dollargacha yetadi.
- Guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlar uchun – 60 dollardan 805 dollargacha.
- Uchinchi o‘rin uchun – 165 dollardan 1000 dollargacha;
Mundial finali uchun quyidagi narxlarda chiptalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
1-toifa: 6370 dollar.
2-toifa: 4210 dollar.
3-toifa: 2790 dollar.
4-toifa: 2030 dollar.