Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

JCH-2026 saralash: 8-turdan keyin O‘zbekistonning yo‘llanma uchun imkoniyati qanday o‘zgardi?

JCH-2026 saralash: 8-turdan keyin O‘zbekistonning yo‘llanma uchun imkoniyati qanday o‘zgardi?

We Global Football portali tomonidan Osiyodagi JCH-2026 saralashining 8-turidan keyin jamoalar imkoniyatlari borasidagi hisob-kitoblarini yangiladi.

Endilikda ular O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish ehtimolini 96% deb baholamoqda (guruhda 1-o‘rin uchun — 3,1%; 2-o‘rin uchun — 92.9%). Erondagi o‘yindan oldin bu ko‘rsatkich 92,6% edi.

JCH-2026 saralash: 8-turdan keyin O‘zbekistonning yo‘llanma uchun imkoniyati qanday o‘zgardi?

Shuningdek, We Global Football jamoalarning musobaqa yakuniga ko‘ra qancha ochko jamg‘arishi mumkinligini taxmin qildi. O‘zbekiston terma jamoasiga 21 ochko, BAAga esa 15 ochko to‘plashi kutilmoqda.

JCH-2026 saralash: 8-turdan keyin O‘zbekistonning yo‘llanma uchun imkoniyati qanday o‘zgardi?

Demak, We Global Football hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston BAAda durang o‘ynaydi va Qatarni o‘z maydonida mag‘lub etadi. Shu bilan birga, BAA so‘nggi turda Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvda ham durang natija qayd etadi.

"Footy Ranking" portali ham bu borada o‘z taxminini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning ushbu bosqichdayoq JCh yo‘llanmasi uchun imkoniyati 95 foizga baholangan.

JCH-2026 saralash: 8-turdan keyin O‘zbekistonning yo‘llanma uchun imkoniyati qanday o‘zgardi?

Kiritildi: 10:57 26.03.2025. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!