Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026. Germaniya Kot-d'Ivuarni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etdi (videosharh)

JCH-2026. Germaniya Kot-d'Ivuarni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etdi (videosharh)

Jahon chempionati–2026 "E" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.

Kanadaning Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 30-daqiqada kot-d'ivuarliklar yarim himoyachisi Frank Kessye tomonidan ochildi. Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav 68-daqiqada muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdiri qo‘shimcha vaqtning 90+4-daqiqasida hal bo‘ldi. Undav o‘zining ikkinchi golini kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

JCH-2026. E guruhi, 2-tur
Germaniya — Kot-d'Ivuar — 2:1
Gollar:
Undav (68, 90+4) — Kessye (30).

Ushbu natijadan keyin Germaniya 6 ochko bilan E guruhida yakka peshqadam bo‘lib oldi. Kot-d'Ivuar esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Germaniya Ekvadorga qarshi maydonga tushadi, Kot-d'Ivuar esa Kyurasao bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:00 21.06.2026. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!