Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionatida kelishilgan o‘yinlar va shubhali pul tikish faolligi belgilarini topmadi.
Bu haqda “SBC News” xabar bermoqda.
Tashkilotning maxsus ishchi guruhi turnirning barcha 104 ta o‘yinini tekshirib chiqdi. Ekspertlar bukmekerlik hisobotlari va stavkalar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, so‘ng ularni monitoring ishtirokchilaridan olingan axborotlar bilan solishtirishdi.
Ishchi guruh tarkibiga UYEFA, KONMEBOL, KONKAKAF, Osiyo va Afrika futbol konfederasiyalari, shuningdek, FQB (FBR), Interpol, BMT, Yevropa Kengashi va Sportradar vakillari kirdi.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, stavkalarning o‘yin natijalariga ehtimoliy ta’siri bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmadi.