Ko‘pchilik buni Olimpiadaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb adashtirmoqda va nega Nodirbekka berishmadi, deb so‘rayapti.
FIDE Excellence Awards — bu FIDE tomonidan yangi tashkil etilgan va ilk marta topshirilayotgan mukofot bo‘lib, u oxirgi 2 yilda shaxmat olamidagi eng yaxshilarni taqdirlaydi.
Ya’ni Javohir Sindorov oxirgi 2 yil ichidagi eng zo‘r erkak shaxmatchi, deb topildi. Bu 100% to‘g‘ri va kutilgan qaror, bu bo‘yicha hech qanaqa bahs bo‘lmasligi kerak. Chunki Javohir 2 yilda dunyoning TOP-4 o‘yinchisiga aylandi, Jahon kubogini yutdi, Nomzodlar turnirida tarixiy rekord o‘rnatib, hech kim shu paytgacha ko‘rsata olmagan natijani qayd etdi, hamma raqiblarini tor-mor qildi.