Xabaringiz bor, 28 martdan 16 aprelga qadar shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada qatnashadigan hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqa oldidan fikrlarini bildirdi.
Bu musobaqaga tayyorgarlikni o‘tashga yordam beradim?
"Balki, ha. O‘ylaymanki, ba’zida yutqazish ham foydali. Chunki o‘tgan hafta umuman shaxmat bilan ishlamadim. Hatto partiyalarni ham ko‘rmadim. Endi jiddiy tayyorgarlikka qaytishim kerak.
Uch oy to‘xtamasdan o‘ynadim. Hammasi juda yaxshi ketdi. Klassikada ham, rapid va blisda ham reytingim oshdi.
O‘ylab qoldimki, juda kuchli o‘yinchiga aylanibman. Keyin esa hamma meni yenga boshladi. Shunda yana ishlashga motivasiya paydo bo‘ldi.
Nomzodlar turniriga tayyor bo‘lib qaytasizmi?
Umid qilaman.