19 yoshli grossmeyster Javohir Sindarov jahon kubogida g‘olib bo‘lgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.
O‘zbekiston vakili finalda xitoylik Yi Veyni tay-breykda (umumiy hisob – 2,5:1,5) mag‘lubiyatga uchratdi.
FIDE jahon kubogi 2000 yildan beri o‘tkaziladi. Sindarovgacha eng yosh chempion Levon Aroyan edi. Armanistonlik shaxmatchi 2005 yil 23 yoshida ushbu turnirda zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan shaxmatchi, xususan, Javohir Sindarov 2026 yili jahon toji uchun bo‘lib o‘tadigan Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi. Bu borada amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommaraju hisoblanadi.