YHXX ma’lumotiga ko‘ra, ilk haydovchi aniqlanganidan bir hafta o‘tib, 12 ball to‘plagan haydovchilar soni 49 nafarga ko‘paygan.
Shundan 29 ta holat Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hozircha Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 12 ballga yetgan haydovchilar qayd etilmagan.
Qayd etilishicha, haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar uni qayta olish uchun nafaqat imtihon topshiradi, balki avtomaktabda qayta o‘qishi ham talab etiladi.