Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

IIQK Hormuzdagi Amerika kemalariga qilingan hujumlarda ballistik raketalardan foydalandi

IIQK Hormuzdagi Amerika kemalariga qilingan hujumlarda ballistik raketalardan foydalandi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti Hormuz bo‘g‘ozidagi Amerika harbiy kemalariga qilingan hujumlarda ballistik raketalardan foydalangan.

Bu haqda Eron telekanallari IIQKga tayanib xabar bermoqda.

“Otashkesimni buzish va Amerika kuchlarining Jask porti yaqinidagi Eron neft tankeriga hujumiga, shuningdek, Amerika esmineslarining Hormuz bo‘g‘oziga yaqinlashishiga javoban turli xil ballistik va kemalarga qarshi kruiz raketalari, shuningdek, hujum dronlari yordamida keng ko‘lamli va aniq birlashgan operasiya o‘tkazildi”, deyiladi bayonotda.

Unda aniqlik kiritilishicha, hujumlar uchta Amerika esminesi nishonga olingan.

“Razvedka ma’lumotlari amerikaliklar orasida katta yo‘qotishlarni ko‘rsatmoqda va uchta dushman kemasi Hormuz bo‘g‘ozidan shoshilinch ravishda chiqib ketgan”, deb qo‘shimcha qildi IIQK.

Shuni ta’kidlash kerakki, avvalroq Eronning Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi ham AQShning so‘nggi hujumlari va Islom Respublikasining javob zarbalari haqida bayonot bergan edi.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!