Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni AQShga o‘z havo hududi va harbiy bazalaridan foydalanishni taqiqladi – NBC

Saudiya Arabistoni AQShga o‘z havo hududi va harbiy bazalaridan foydalanishni taqiqladi – NBC

Telekanal xabariga ko‘ra, Trampning qo‘qisdan e’lon qilingan, Fors ko‘rfazida kemalarni kuzatib qo‘yishga qaratilgan, Project Freedom missiyasi Saudiya rahbariyatini g‘azabga keltirgan.

Chunki ushbu missiya mintaqadagi AQSh harbiy bazalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida Fors ko‘rfazi davlatlarini yana Eron raketalari zarbasi xavfi ostiga qo‘yadi. Ar-Riyod esa Tehron bilan yangi mojaroga kirishishni mutlaqo istamaydi.

Shu sababli qirollik AQShga “Shahzoda Sulton” havo kuchlari bazasi va o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bermasligini qat’iy ta’kidlagan.

Shundan so‘ng Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tgan, lekin bu muammoni hal qila olmagan. Natijada Oq uy missiyani to‘xtatishini e’lon qilishga (https://t.me/sputnikuzbek/66405) majbur bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 08:03. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!