11 may kuni maktablarning o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun darslar odatiy tartibda davom etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilari uchun esa dam olish kuni e’lon qilingan.
Shuningdek, davlat bog‘chalari dushanba kuni yopiq bo‘ladi. Dam olish kuni 9 may bayrami munosabati bilan ko‘chirilgan.
Bayram munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 3 kun, 6 kunlik ish tartibidagilar esa 2 kun dam oladi.