Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

Qo‘shma Shtatlar harbiylari Eronning Qeshm orolidagi portga va Bandar-Abbos shahriga zarbalar berdi, deb xabar qilmoqda Fox News va Axios jurnalistlari. AQSh rasmiylari orasidagi manbalarning ta’kidlashicha, Vashington Eronga berilgan bu zarbalarni ikki davlat o‘rtasidagi urushning qayta tiklanishi deb hisoblamaydi.

O‘z navbatida, Eronning Tasnim agentligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida Qo‘shma Shtatlarning uchta esminesi Eron harbiy-dengiz kuchlari tomonidan hujumga uchraganini xabar berdi. Ta’kidlanishicha, bu voqea AQSh harbiylarining Eron neft tankeriga qilgan hujumidan so‘ng yuz bergan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) esa zarbalar Eronning Qo‘shma Shtatlarga tegishli uchta esminesga qilgan hujumidan so‘ng "o‘z-o‘zini mudofaa qilish tartibida" berilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!