CIES Football Observatory tomonidan e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, 55 ta liga orasida eng yosh bosh murabbiylar reytingida "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ham yetakchilar qatoridan joy oldi.
Ushbu reytingda murabbiy 33.79 yosh bilan TOP-10 talikka kiritildi va dunyoning ko‘plab mashhur chempionatlari murabbiylari orasida 7-o‘rinni egalladi.
E’tiborlisi:
— ro‘yxatda Angliya, Italiya, Portugaliya kabi kuchli futbol davlatlari klublari murabbiylari mavjud;
— O‘zbekiston nomidan esa aynan “Neftchi” jamoasi vakili qayd etildi;
— bu esa klubning yosh, zamonaviy va istiqbolli murabbiylar bilan ishlayotganini ko‘rsatadi.
CIES Football Observatory — futbol statistikalari va tahlillari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli platformalardan biri hisoblanadi. Ularning tadqiqotlari FIFA, UYEFA va ko‘plab Yevropa klublari tomonidan kuzatib boriladi.