Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya va Litva yangi zenit qurilmasini ishlab chiqaradi

Janubiy Koreya va Litva yangi zenit qurilmasini ishlab chiqaradi



Janubiy Koreya Litva mudofaa sanoati korxonalari bilan birgalikda past balandlikdagi havo nishonlariga qarshi mo‘ljallangan WAAG zenit qurilmasini ishlab chiqaradi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi xabar berdi.

30 millimetrli ikki stvolli avtomatik to‘p bilan jihozlangan qurilma 3 kilometrgacha bo‘lgan masofada nishonlarga zarba bera oladi. U daqiqasiga 600 tagacha o‘q uzadi.

Litva kompaniyalari qurilmaning qismlarini ishlab chiqarish, uni transport vositalariga o‘rnatish va NATO tarmog‘iga ulash bilan shug‘ullanadi.

WAAG o‘z radiolokasiya stansiyasiga ega emas. Nishonlar haqidagi ma’lumot tashqi nishon ko‘rsatish tizimlari orqali olinadi.

Kiritildi: 18:37 26.10.2026. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!