Janubiy Koreya Kiyevning shimoliy koreyalik ikki harbiy asirning topshirilishi haqidagi ma’lumotni oshkor qilgani yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilik fonida Ukrainadan sakkiz nafar diplomatik xodimini chaqirib oldi.
Yonhap agentligi xabar berishicha, bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyon ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, shunga qaramay, asosiy diplomatik xodimlar Ukrainada qolmoqda va davom etayotgan Rossiya–Ukraina mojarosi sharoitida Janubiy Koreya fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Janubiy Koreya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi chog‘ida shimoliy koreyalik ikki askar Janubiy Koreyaga topshirilganini oshkora ma’lum qilganidan so‘ng, rasmiy izoh va bunday hodisalar takrorlanmasligi yuzasidan kafolatlar talab qildi.