Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreya terma jamoasi mamlakat prezidenti tomonidan keskin tanqid qilindi

Janubiy Koreya terma jamoasi mamlakat prezidenti tomonidan keskin tanqid qilindi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng ularni qattiq tanqid ostiga oldi.

«Men hozir shunchaki hayratni emas, balki butunlay mantiqsizlik tuyg‘usini his qilyapman. Tanish-bilishchilik professionalizm ustidan g‘olib chiqdi, nomaqbul odamlar rahbarlik lavozimlariga tayinlanganda esa, bunday natija bo‘lishi kunday ravshan edi. Ro‘y bergan ushbu omadsizlik — tashkiliy va kadrlar borasidagi xatolarning mahsulidir», — deb yozdi siyosatchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyaliklar guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, "A" kvartetida uchinchi o‘rinni egallagan holda musobaqani tark etishdi. Turnir ular uchun yomon boshlanmagandi — dastlabki turda Chexiya terma jamoasi ustidan irodali g‘alaba (2:1) qo‘lga kiritildi. Biroq shundan so‘ng Meksikadan mag‘lubiyat (0:1) va uchinchi turda JAR terma jamoasidan xuddi shunday hisobdagi kutilmagan mag‘lubiyat qabul qilib olindi. Yakunda koreyslarga eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4 ta uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirish uchun uch ochko yetmay qoldi — ular to‘plar nisbatiga ko‘ra Senegal terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

Kiritildi: 23:40 28.06.2026. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!