AQShning Janubiy Karolina shtatida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi.
Bu haqda mahalliy yo‘l-patrul xizmati xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea payshanba kuni tushdan keyin Janubiy Karolina shtatining Chester okrugidagi Richburg shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Pine Ridge o‘rta maktabining bir guruh o‘quvchilari uchta avtobusda sayohatdan qaytayotgan edi. Mashinalardan birining shinasi yorilib, ag‘darilib ketgan. Fox News qayd etishicha, avtobusda 35 nafar maktab o‘quvchisi va uch nafar katta yoshli kishi bo‘lgan.
"18 kishi jarohat oldi, ularning ba’zilari kasalxonaga yotqizildi. Bir kishi halok bo‘ldi", deb ta’kidlaydi telekanal Janubiy Karolina shosse patrul xizmatiga tayanib.
Fox News xabariga ko‘ra, qolgan ikkita maktab avtobusi halokatga aloqador emas. Rasmiylar voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.