Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Janni Infantino jazolanmaydigan bo‘ldi: XOQ uning Tramp bilan uchrashuvini qoidabuzarlik deb topmadi

Janni Infantino jazolanmaydigan bo‘ldi: XOQ uning Tramp bilan uchrashuvini qoidabuzarlik deb topmadi

FIFA prezidenti va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan «Tinchlik kengashi» yig‘ilishida ishtirok etgani uchun intizomiy javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar bermoqda "The Athletic".

Payshanba kuni Tramp Vashingtonda G‘azo sektori masalalariga bag‘ishlangan kengashning ilk yig‘ilishini o‘tkazdi va unga 40 dan ortiq davlat vakillari taklif etildi. Infantino ham ushbu uchrashuvda hozir bo‘ldi. Bir kun o‘tib, XOQ brifingida qo‘mita rahbari Kirsti Koventri uning ishtirokidan bexabar ekanligini aytdi va mulozimning harakatlari Olimpiya xartiyasiga mos kelishini tekshirishni va’da qildi.

Biroq, FIFA bilan bog‘langandan so‘ng, XOQ Infantinoning harakatlarida qoidabuzarlik yo‘q, degan xulosaga keldi.

«XOQ FIFA bilan aloqaga chiqdi. Biz FIFA futbol orqali G‘azoda sportni qayta tiklash bo‘yicha kompleks investisiya dasturini qo‘llab-quvvatlayotganini, sport infratuzilmasi, ta’lim dasturlari va rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi takliflarni taqdim etayotganini tushunamiz. Bu xalqaro sport federasiyasining roliga to‘liq mos keladi», — deya XOQ vakilining so‘zlarini keltiradi "The Athletic".

Kiritildi: 23:36 22.02.2026. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!