Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi

Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi

Davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

  • “Maktab ligasi”;
  • “Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
  • “Rektor kubogi”.

Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

  • tadbirkorlik sub’ektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish;
  • tadbirkorlik sub’ektlari sport klublari o‘rtasida “Korporativ sport o‘yinlari” sport musobaqasini o‘tkazib borish.
Kiritildi: 13:15 06.12.2024. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!