Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar oldida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi

Jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar oldida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi

Joriy yil yakuniga qadar jinoyatchilik ko‘p qayd etilgan mahallalarda huquqni muhofaza qilish punktlari ochiladi.

O‘zbekiston hukumatining qaroriga muvofiq, jinoyatchilik ko‘p qayd etilayotgan mahallalarda tartibni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

2025-yil yakuniga qadar bunday hududlarda maxsus huquqni muhofaza qilish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jamoat joylari va turar-joy massivlari hududida tezkor aloqa uchun “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari va prokuratura xodimlari faoliyati ushbu punktlarda doimiy tashkil etilib, ularning ish kuni shu yerda boshlanadi va tugaydi.

Shuningdek, “maxalla yettiligi” tarkibidan ajratiladigan maxsus targ‘ibotchilar aholiga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi.

Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari har uch kunda mojarolarga moyil oilalar va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plab, ularni tahlil qiladi. Bu esa profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:54 20.08.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!