Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘ttgan IBA.PRO 10 boks kechasida ikki karra Olimpiya chempioni, O‘zbekiston vakili Bahodir Jalolov vladikavkazlik Vitaliy Kuduxovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.
Kuduxov raqibidan bo‘y va qo‘l uzunligida ancha qisqa bo‘lsa-da, doimo oldinga harakat qilib, hujumga o‘tishga intildi. Jalolov avvalgi raundlarda raqibining zarbalaridan saydsteplar orqali qochib, qarshi hujumlar bilan javob berdi. Biroq jangning ikkinchi yarmida charchoq sezila boshladi va natijada jangda ko‘plab klinchlar kuzatildi.
Sakkiz raundlik bellashuv yakuniga ko‘ra, barcha hakamlar g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga berishdi — 77–73, 77–74 va 78–72 hisobida.
Shu tariqa, Bahodir Jalolovning professional ro‘yxatidagi ko‘rsatkich — 16 ta jang, 16 ta g‘alaba, shulardan 14 tasi muddatidan avval (nokdaun yoki nokaut bilan) yakunlangan.