Ertalabdan yoqimsiz xabar. OFK tartib intizom qo‘mitasiga qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 340 ming AQSh dollariga jazolandi.
Gap shundaki, O‘FA 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Qatar uchrashuvida bir qator qoidalarni buzgan. Jumladan, o‘yin tugashi bilan maydonga futbolchilar uchun mukofot sifatida ajratilgan BYD avtomobillari olib kirilgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Gap shundaki, OFK har bir o‘yin uchun mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida o‘z homiylari brendlaridan boshqa brendlar bo‘lmasligini qat’iy talab qiladi. Chunki, OFK JCh saralash o‘yinlari uchun har bir mezbon jamoaga yaxshigina summa to‘laydi.
Agar, O‘FA o‘sha kuni maydonga mashinalarni olib kirmasdan futbolchilarga faqat kalitlarni topshirganida edi, 340 ming dollar yoniga qolar edi.
Lekin xorijlik murabbiy uchun 4 million yevroning yarmining yarmini to‘lay oladigan tashkilot uchun bu pullar chikora.