Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Italiya bosh murabbiyi Gattuzo Kannavaroning O‘zbekistonga murabbiy bo‘lganiga munosabat bildirdi

A A A
Italiya bosh murabbiyi Gattuzo Kannavaroning O‘zbekistonga murabbiy bo‘lganiga munosabat bildirdi

Jennaro Gattuzo Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlanishi haqida hazil qildi.

2006 yilgi "Oltin to‘p" sovrindori 6 oktyabrda O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga tayinlandi va JCH-2026da jamoani boshqaradi.

"Men unga xat yozmadim, qo‘ng‘iroq qilib, gaplashdim. Unga: "Bu nima ko‘rgilik? Sen atir sepib, sochingga gel surtib, allaqachon jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu yerda okopda o‘tiribman," dedim," - deb aytdi Italiya terma jamoasining bosh murabbiyi.

11 oktyabr kuni italiyaliklar JCH-2026 saralashida Estoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 19:00 07.10.2025. O'qildi: 11834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!