Osiyo futbol konfederasiyasi (AFC) Tartib-intizom va etika qo‘mitasi «Mirabror Usmanov Memorial Cup 2025» xalqaro musobaqasiga oid qarorni e’lon qildi.
📅 Musobaqa 2025 yil 22–28 iyul kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, u AFC Regulations Governing International Matches nizomining 11.13-moddasi (Xalqaro o‘yinlar va musobaqalar uchun ruxsat berish tartibi») bilan tartibga solinadi.
📋 Intizomiy qarorga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) musobaqani o‘tkazish uchun ruxsat so‘rash murojaatini belgilangan muddatdan keyin yuborgan.
🔹 Bu O‘FAning qayd etilgan davr ichidagi yettinchi qoidabuzarligi hisoblanadi.
⚖️ Qaror:
1️⃣ O‘FA AFC Regulations Governing International Matches nizomining 11.131-moddasini buzgani uchun 1 500 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.
2️⃣ Jarima miqdori qaror yetkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida to‘lanishi kerak (OFK Tartib-intizom va etika kodeksi 11.3-moddasiga muvofiq).
📌 Manba: AFC Disciplinary and Ethics Committee
Ma’lumot uchun:
“Mirabror Usmanov Memorial Cup 2025” xalqaro musobaqasi 2025 yil 22 iyul — 28 iyul Toshkentda kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya U-23 terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston U-23 jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.