«Keyin men lavozimni tark etdim va Putinning tajovuzi boshlandi», — dedi u.
Polshaning sobiq bosh vaziri Mateush Moraveskiy Merkelga javoban uni keskin tanqid qildi. Unga ko‘ra, aynan Merkelning «Shimoliy oqim» loyihasini qo‘llab-quvvatlashi Yevropaning Rossiyaga bog‘liqligini kuchaytirgan. U Merkelni “Germaniyaning zamonaviy tarixidagi eng zararli siyosatchilardan biri” deb atadi.
Uning partiyadoshi Adam Belyan esa:
«Uning qo‘llarida qon bor, unga jim bo‘lgani ma’qul», — dedi.
Keskin tanqidlar Baltika davlatlaridan ham yangradi. Latviyaning sobiq mudofaa vaziri Artis Pabriks Merkelni «Kreml ta’sir agentidek eshitiladi», deya ta’rifladi. Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ta’kidlashicha, urush uchun javobgarlik faqatgina Rossiya zimmasida. Estoniya parlamenti deputati Marko Mixkelson esa Merkel so‘zlarini «uning siyosiy merosidagi yangi pastlik» deb atadi.