Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Jalolov prof faoliyati davomida ilk bor to‘liq jang o‘tkazdi. Bahodir avvalgi janglarini nechanchi raundlarda yakunlagan edi?

Jalolov prof faoliyati davomida ilk bor to‘liq jang o‘tkazdi. Bahodir avvalgi janglarini nechanchi raundlarda yakunlagan edi?

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov kecha faoliyatidagi o‘n beshinchi jangini o‘tkazdi.

U Astana (Qozog‘iston) shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor Shevazuskiyni to‘liq 10 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu Jalolovning prof karyerasi davomida to‘liq o‘tkazgan ilk jangi bo‘ldi. Hamyurtimiz avvalgi 14 ta jangining barchasida raqiblarini KO-TKO hisobiga taslim etgandi.

Hamyurtimizning oldingi janglariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u raqiblarini asosan ilk raundlarda muddatidan oldin yengganini ko‘rishimiz mumkin:

1-raundda: 7 nafar raqibini mag‘lub etgan;

2-raundda: 2 nafar;

3-raundda: 1 nafar;

4-raundda: 2 nafar;

5-raundda: 1 nafar;

8-raundda: 1 nafar.

Kiritildi: 19:29 06.04.2025. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!