Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Jaloliddin Masharipov “Gelik” xarid qildi (foto)

Jaloliddin Masharipov “Gelik” xarid qildi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Mersedes-Benz G-Class (Gelendvagen) mashinasini xarid qildi. Futbolchi bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik futbolchi oq rangli “Gelik” mashinasi suratini instagram sahifasiga joylab, “Alhamdulillah” deb izoh qoldirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ulovning narxi taxminan 350 ming dollar turadi.

Jaloliddin Masharipov “Gelik” xarid qildi (foto)

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zosi Abduqodir Husanovga asli qozog‘istonlik o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanbayev ushbu qimmatbaho avtomobilni to‘yona qilgan edi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 8-turidan so‘ng 17 ochko bilan A guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Temur Kapadze jamoasi yana bir ochko qo‘lga kiritsa, mundial masalasini hal qiladi. “Oq bo‘rilar” saralashdagi so‘nggi ikki o‘yinni iyun oyida BAA va Qatarga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:41 03.04.2025. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!