Jahon chempionati bahslari o‘zining eng qizg‘in paytiga yetib keldi. Endi medallar jamlanmasi hal etiladi. Yarim finalga terma jamoamizdan 4 nafar bokschi qizimiz yetib kelishgan va ular bugun albatta final uchun ringga ko‘tariladi.
-48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya Chumgalakova (Rossiya);
-50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy);
-52 kg: Feruza Kazakova - Pang Chol Mi (Shimoliy Koreya);
-66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya).
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federasiyasi xabar bermoqda.