Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 300 mln dollarlik grant ajratadi

Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 300 mln dollarlik grant ajratadi

Jahon banki Tojikistondagi Rog‘un GES qurilishini moliyalashtirishning ikkinchi bosqichini ma’qulladi. Loyiha uchun 300 million dollarlik grant ajratiladi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, grant qurilish-montaj ishlari, elektromexanik uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, loyihada sifat va xavfsizlik talablari bajarilishini nazorat qilishga yo‘naltiriladi. Shu bilan Jahon banki tomonidan Rog‘un GESni moliyalashtirishning umumiy hajmi 650 million dollarga yetdi.

Jahon banki Rog‘un GES Tojikistonda elektr energiyasi taqchilligini kamaytirishi va yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Rog‘un GESi Dushanbe shahridan 110 km uzoqlikda, Vaxsh daryosida joylashgan. Vaxsh Amudaryo havzasining muhim irmoqlaridan biri hisoblanadi.

Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, Rog‘un GESning to‘liq quvvati 3 780 MVtni tashkil etadi. Suv omborining umumiy sig‘imi 13,3 km³, to‘g‘on balandligi esa 335 metr bo‘lishi rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun, Chorvoq suv omborining to‘liq sig‘imi qariyb 2 km³, Chorvoq GESning quvvati esa 666 MVt atrofida.

Rog‘un GES qurilishi 1976 yilda boshlangan, ammo ayrim sabablarga bilan to‘xtab qolgan. Keyinchalik Tojikiston loyihani qayta tikladi. Hozirgacha oltita agregatdan ikkitasi ishga tushirilgan. Uchinchi agregatni 2027 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:02 02.07.2026. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!