Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh harbiylari Ummon ko‘rfazidagi kemaga hujum qildi

AQSh harbiylari Ummon ko‘rfazidagi kemaga hujum qildi

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«CENTCOM kuchlari 7 noyabr kuni Ummon ko‘rfazidagi kemani ishdan chiqardi. Bunga kema fuqarolik ekipajining ogohlantirishlarga e’tibor bermasdan, Eronga qarshi dengiz blokadasini buzishga urinishi sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sent-Kits va Nevis bayrog‘i ostida suzib yurgan Huda yuk kemasi Eron portiga kirganidan so‘ng mintaqaviy suvlarni tark etishga uringan.

Harbiylar ma’lum qilishicha, kema orqa qismiga yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar yordamida zarba berilgan.

Kiritildi: 23:11 08.11.2026. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik