@rian_ru nashrining tashkilotga tayanib xabar berishicha, koronavirusning yangi PJ.2.1 shtammi belgilari oddiy shamollash yoki grippga o‘xshash ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha:
▪️Faqatgina kasallik belgilariga asoslanib, infeksiyani aynan qaysi respirator virus keltirib chiqarganini aniqlash imkonsiz. Buni tasdiqlash uchun albatta test topshirish talab etiladi;
▪️Virusolog Yelena Malinnikovaning qayd etishicha, PJ.2.1 shtammini koronavirusning boshqa turlaridan ajratib turuvchi asosiy farqlar — tomoqdagi kuchli og‘riq hamda kasallikdan so‘ng uzoqroq davom etadigan holsizlik holatlaridir.