Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Ormuz bo‘g‘ozida ikki neft tankeri minada portlab, yona boshlaganini bildirdi.
Harbiylarning bayonotini Eronning Tasnim agentligi tomonidan keltirgan.
Qayd etilishicha, tankerlar Ormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida hamda bevosita bo‘g‘oz hududida belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqishga uringan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, kemalar bir qator qoidalarni buzgan, navigasiya va joylashuvni aniqlash tizimlarini o‘chirgan hamda bo‘g‘ozdan ruxsat etilmagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tishga harakat qilgan.
Natijada har ikki kema minada portlagan va shundan so‘ng kuchli yong‘in yuzaga kelgan.