Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgan.
Yillik Iste’mol narxlari indeksi (INI) 108,9 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil iyul — 110,5 %) nisbatan 1,6 foiz bandga pasaydi.
Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1 % ga pasaygan, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 % ga oshgan, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,9 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.