Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiyaning Savona portida neft tankerida portlashlar sodir bo‘ldi

Italiyaning Savona portida neft tankerida portlashlar sodir bo‘ldi

Bu haqda Corriere Della Sera gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, Seajewel nomli neft tankeri yukni tushirish jarayonida portlagan. Tanker Maltada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Savona portiga Jazoirdan kelgan. Hozircha portlashning sabablari aniqlanmagan, biroq denizga neft to‘kilishi qayd etilmagan va jabrlanganlar yo‘q.

“Ukrainskaya Pravda” ma’lumotlariga ko‘ra, Seajewel Rossiyaning “soya floti” tarkibida bo‘lib, sanksiyalarga qaramay Rossiya neftini Yevropaga tashish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 23:06 18.02.2025. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!