Lovallo ko‘p yillar fermer bo‘lib ishlagan, qo‘y boqqan va o‘z uzumzori bilan shug‘ullangan. Hatto 100 yoshdan oshganida ham italiyalik o‘z uzumzorida mehnat qilishda davom etgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Lovallo frontda xizmat qilgan. 1943–1945 yillarda Germaniya asirligida bo‘lgan.
U turmush qurgan va to‘rt nafar farzandi bor edi. Rafiqaci bir necha yil avval vafot etgan.
Lovallo vafotidan so‘ng Evropaning eng keksa erkagi unvoni 111 yoshli portugaliyalik Joakim Varelaga o‘tdi.
Biroq Yevropaning eng keksa aholisi reytingida u atigi 32-o‘rinni egallaydi — undan oldin 31 nafar ayol bor.
Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, Evropa va butun dunyodagi eng keksa inson 117 yoshli britaniyalik Etel Katerxem hisoblanadi.