Italiya polisiyasi 180 dan ortiq mafiya a’zosini qo‘lga oldi. Ular orasida Cosa Nostra jinoiy tashkiloti rahbarlari ham borligi Corriere nashri xabar qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reydlarda 1200 dan ortiq karabiner ishtirok etgan. Reydlarning maqsadi Palermo va uning atrofidagi mafiya klanlarini yo‘q qilish edi.
Tergovchilar telefon suhbatlarini ushlab qolish orqali mafiya a’zolarini aniqladilar. Mafiyachilar shifrlangan noqonuniy telefonlardan foydalanishgan, ammo bir-birlarini ismlari bilan chaqirishgan.
Qo‘lga olinganlar qotillik, tovlamachilik, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ savdosi bilan ayblanmoqda.