Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiya terma jamoasi muxlislari Eron o‘rniga mundialga borishga qarshi chiqdi

Italiya terma jamoasi muxlislari Eron o‘rniga mundialga borishga qarshi chiqdi

Italiyada milliy terma jamoaning Eron o‘rniga Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, mahalliy muxlislarning katta qismi voqealarning bunday rivojiga qarshi chiqmoqda.

SWG kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning faqat 25 foizigina Italiyaning Eron o‘rnini egallashini qo‘llab-quvvatlagan. So‘rovda qatnashganlarning 58 foizi bu g‘oyaga qarshi ekanini bildirgan bo‘lsa, 17 foizi aniq javob bermagan. So‘rovnoma mamlakatning 800 nafar voyaga yetgan fuqarolari o‘rtasida o‘tkazildi.

Qarshi chiqayotganlarning asosiy vaji — sport prinsiplarining buzilishidir. So‘rovda qatnashganlarning qariyb yarmi (47 foizi) saralashsiz mundialga borish «terma jamoa va butun mamlakat uchun sharmandalik» bo‘lishini ta’kidlagan. Yana 11 foiz aholi esa Jahon chempionatiga yo‘l olish Italiya futbolidagi tizimli muammolardan e’tiborni chalg‘itadi, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron atrofidagi harbiy va diplomatik keskinliklar tufayli ushbu mamlakatning turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. FIFA va Eron futbol federasiyasi o‘rtasidagi yakuniy muzokaralar 20 may kuni Syurixda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!