Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Italiya terma jamoasi Jahon chempionatlarining barcha g‘oliblari orasida tarixiy antirekord o‘rnatdi

Italiya terma jamoasi Jahon chempionatlarining barcha g‘oliblari orasida tarixiy antirekord o‘rnatdi

Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan «A» yo‘li pley-off final bosqichida Bosniya va Gersegovina jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4). Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» Jahon chempionlari orasida antirekord o‘rnatdi — jamoa o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Bu futbol tarixidagi ilk holat bo‘lib, ilgari Jahon chempioni bo‘lgan birorta terma jamoa ketma-ket uch marta final bosqichidan chetda qolmagan edi.

Italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Ta’kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to‘rt karra Jahon chempioni (1934, 1938, 1982, 2006) hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!