Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Italiya mudofaa vaziri: NATO bu ko‘rinishda ma’nosiz bo‘lib qolgan

Italiya mudofaa vaziri: NATO bu ko‘rinishda ma’nosiz bo‘lib qolgan

Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto NATO hozirgi ko‘rinishda «endi mavjud bo‘lishi uchun sabab yo‘q»ligini ma’lum qildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va BMT global sahnada o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidladi. Paduya shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zga chiqqan vazir, dunyo o‘zgarganini va G‘arb endi uning markazi emasligini qayd etdi.

Krozettoning so‘zlariga ko‘ra, alyans yo radikal tarzda qayta shakllanishi va Janubiy global davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak, yoki o‘zining asosiy vazifasi — xavfsizlikni ta’minlashdan to‘liq mahrum bo‘ladi.

U shuningdek, Yevropaning «o‘ziga siyosiy rol bermaganini», yagona tashqi siyosatni shakllantira olmaganini va ta’sirini yo‘qotganini bildirdi. Krozettoning ta’kidlashicha, BMT va Yevropa Ittifoqi «dunyoda hech narsa anglatmaydi» va ta’sir jihatidan Xitoy, Hindiston, hatto Isroilga ham o‘rin beradi.

Ministrning bu bayonoti NATOning Gaagadagi sammiti arafasida yangradi. U yerda harbiy xarajatlar bo‘yicha yangi maqsad — YAIMning 5 foizigacha ko‘tarilishi bo‘yicha kelishuv kutilmoqda. An’anaviy ravishda alyansda eng kam sarflaydigan mamlakatlardan biri hisoblangan Italiya esa joriy yilda amaldagi 2 foizli maqsadga erishish niyatida.

Kiritildi: 09:16 21.06.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!