"Breshiya" Italiyaning barcha professional ligalaridan chetlatildi.
"Sky Sport Italia" nashri ma’lumotiga ko‘ra, klub xo‘jayini Massimo Chellino klub ishchilariga to‘lanishi kerak bo‘lgan 3 million yevro qarzni to‘lay olmaydigan bo‘ldi. Bu esa klubni bankrot deb e’lon qilinishiga va havaskorlar ligasiga tushirib yuborilishiga sabab bo‘ldi.
"Breshiya" 1911 yilda tashkil topilgan bo‘lib, shu paytda qadar eng yuqori ligada 23 mavsum o‘tkazgan. So‘nggi marta jamoa 2019/20 yilgi mavsumda A Seriyada ko‘rinish berdi.