Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga keskin javob qaytardi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga keskin javob qaytardi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella o‘tgan haftadagi chiqishida Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan tajovuzkorliklar haqida gapirgan edi.

"Bu Yevropadagi uchinchi reyx loyihasi edi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi hozirgi tajovuzi ham xuddi shunday tabiatga ega", — deya fikr bildirgan Mattarella.

14 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Zaxarova Italiya prezidentining bu so‘zlarga javoban salbiy munosabat bildirdi.

"Bu kabi to‘qimalarni aynan Italiya prezidentidan eshitish g‘alati va yoqimsiz. Italiya fashizm nima ekanligini o‘z tajribasidan yaxshi biladi", — deya ta’kidladi Zaxarova.

"Matbuot kotibi butun italyan xalqini haqorat qildi. Prezident Mattarella bilan to‘liq hamfikrman – nafaqat shaxsan, balki butun hukumat nomidan. U doimo Ukrainaga qarshi tajovuzni keskin qoralagan", — deya javob qaytardi Italiya bosh vaziri Jorja Meloni.

Kiritildi: 09:23 15.02.2025. O'qildi: 2205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!