Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

«Istiqlol» stadioni yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

«Istiqlol» stadioni yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China State Construction Engineering Corporation” kompaniyasi vakillaridan iborat delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Farg‘ona shahrida joylashgan “Istiqlol” stadionini rekonstruksiya qilish va kengaytirish bo‘yicha loyiha taklifi muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimizda, jumladan, Farg‘ona viloyatida ham futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.Markaziy stadionni eng zamonaviy talablar va jahon standartlariga mos holda barpo etish, uni yirik futbol majmualaridan biriga aylantirish maqsad qilingani qayd etildi.

Viloyat hokimi taqdim etilgan takliflar bilan tanishib, loyihalarni yanada takomillashtirish va hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishildi.

«Istiqlol» stadioni yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

«Istiqlol» stadioni yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!