Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroilning yangi hukumatini shakllantirish jarayonida ishtirok etayotgan Gadi Ayzenkot

Isroilning yangi hukumatini shakllantirish jarayonida ishtirok etayotgan Gadi Ayzenkot


"Lavozimidan ketayotgan Bosh vazir Netanyaxu va uning yaqin atrofdagilarining xatti-harakatlari Isroil demokratiyasiga nisbatan real, bevosita va zudlik bilan bartaraf etilishi lozim bo‘lgan tahdidni yuzaga keltirmoqda.

Isroilda korrupsiya, buzib ko‘rsatish yoki shaxsiy siyosiy mavqeini saqlab qolish yo‘lida suiiste’mol qilish holatlariga duch kelmagan birorta soha qolmadi. Barcha chegaralar olib tashlandi, hech qanday tamoyillarga amal qilinmadi.

Netanyaxu hech qanday sharoitda, hatto yana bir daqiqa bo‘lsa ham, o‘z lavozimida qolmasligi kerak. Shuningdek, u Bosh vazir bo‘lib turgan paytda Isroil yangi saylovlarga tortilmasligi lozim. Shubhasizki, u hokimiyatda ekan, Isroilda erkin va adolatli saylovlar o‘tkazishning imkoni yo‘q. Ayni paytda olib borayotgan barcha koalisiya muzokaralarimda menga yo‘l-yo‘riq bo‘layotgan asosiy tamoyil — shu."
Kiritildi: 17:22 16.11.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik