Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroilning Livandagi hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 3000 ga yaqinlashdi

Isroilning Livandagi hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 3000 ga yaqinlashdi

Isroil mudofaa kuchlarining Livandagi zarbalari 2 mart kuni kuchayish boshlanganidan beri 2988 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri halok bo‘lgan tinch aholining umumiy soni 2988 kishiga yetdi va 9210 kishi yaralandi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil havo kuchlarining Livanning janubiy va janubi-sharqiy hududlariga bergan zarbalari kamida 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va yana 222 kishi yaralandi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!